Выбрать главу

Santyago to’rvadan Urim va Tumimni oldi. Ular faqat bir marta, ertalabki payt bozorda unga asqotgandi: hayot ularsiz ham bo’zbolaga ishonchli belgilarni ko’rsatib turdi.

Santyago ularni sandiqchaga soldi — bu ham uning xazinasining bir bo’lagi: toshlar unga endi hech qachon uchratmaydigan keksa podshohni eslatib turadi.

“Hayot chindan ham O’z Taqdiri yo’lidan boradiganlarni siylaydi, — o’yladi u va Tarifga borishi, lo’li kampirga xazinaning o’ndan birini berishi lozimligini esladi. — Lo’lilar chindan dono! Dunyo bo’ylab ko’p kezishlaridan shunday bo’lsa kerak”.

U yana shamol esayotganini sezdi. Bu “livantinlik” edi, Afrikadan yelardi, biroq bu safar o’zi bilan sahro bo’yini olib kelmadi, mavrlar bosqinini daraklamadi. Endi Santyago sekin yaqinlashib kelib, lablariga bo’sa bo’lib qo’ngan muattar bo’yni, mayin tovush va ta’mni farqladi.

Bo’zbola tabassum qildi: bu Fotimaning ilk o’pichi edi.

— Men borayapman, — dedi u, — sening yoningga borayapman, Fotima.