Выбрать главу

— Kechirasiz, professor, — tanasining rangi va qotmaligidan hindilarga o‘xshab ketadigan yosh mexanik kutilmaganda gapga aralashdi. Menimcha, bunaqa yaqin masofada Yer kichkina Oini o‘ziga tortib olgan bo‘lardi.

Nima? Nima? deb aqirib yubordi Tyurin. — Nega ushoqdai keladigan Kets Yulduzi Yerga qulab ketmayapti? A? Hamma gap harakatning tezligida… Ammo kichkina Oy harholda halok bo‘libdi-ku, — dedi u endi sal hovridan tushib. — Kurashuvchi kuchlar — inersiya bilan yerning tortish kuchi — uni parchalab tashlagan… Afsuski, bizning Oyni ham shu qismat kutyapti! U parchalanib ketadi. Yer xuddi Saturnnikiga o‘xshagan ajoyib uzukka ega bo‘ladi. Mening fikrimcha, bu oy uzugi Oyning o‘zidan xira bulmaidi. U yer tunini bezab turadi. Lekin bari bir bu katta io‘qotish, — deb xo‘rsinib gapini tugatdi u.

— O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish, — qo‘shib qo‘ydim men.

— Hm… Hm… Kim biladi, balki to‘ldirib bo‘lar. Mening bir loiiham bor, lekin bu xususda hozircha gapirmayman.

— Meteorlarni qanday tutgansiz? — so‘radim Sokolovskiydan.

— Bu juda qiziq ov, — javob berdi geolog. — Men ularni faqat Kets Yulduzi orbitasidagina emas…

— Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar mintaqasida ham ovlagan, — deb gapni bo‘ldi Tyurin. — Yer astronomlari bundai asteroidlarning faqat mingdan ortiqrog‘ini bilishadi. Mening katalogimda esa ularning soni to‘rt mingdan oshib ketdi. Bu asteroidlar ham halok bo‘lgan ikkinchi Oydan ko‘ra kattaroq sayyoraning qoldiqlari. Hisoblarimga ko‘ra, bu sayyora Merkuriidan katta bo‘lgan. Mars bilan Yupiter o‘zaro tortishib uni parchalab tashlagan. Taqsimlab olisholmagan-da! Saturn uzugi ham uning halok bo‘lgan, parchalangan yo‘ldoshi. Bizning quyesh sistemamizda qancha marhumlar borligini ko‘rdingizmi?

Endi navbat qay biriniki ekan? Voy-bo‘y… bu turtkilar tugaydimi, yo‘qmi!

Men kresloning charm qoplangan yumshoq suyanchig‘idan ushlab yana derazadan tashqariga qaradim. Hamon yulduz chamani bilan qoplangan qop-qora osmon. Shu alfozda yillab, yuz yillab uchsang ham manzara o‘zgarmaydi.

Birdan bir mahallar eski parovoz ulangan oddiy poyezdda qilgan sayohatim esimga tushib ketdi. Yez edi. Kechki payt. Quyosh bulutlar bag‘rini qon qilib, o‘rmon ortiga yashirinadi. Vagonning ochiq derazasidan nam havo, arg‘uvon va akonit hidi gupullab urib turibdi. Ko‘kdagi kamon oy poyezdni izma-iz quvib kelyapti. Goh o‘rmon, goh ko‘l, goho tepaliklar bir-biriga o‘rin bo‘shatadi. Tepaliklar ustida daraxtlarga ko‘milgan binolar. Undan so‘ng dala boshlandi, dimoqqa qorabug‘doy hidi urildi. Qancha taassurotlar, Tyurinning tili bilan aytganda, ko‘z, quloq, burun uchun qancha «harakat». Bu yerda esa na shamol, na yomg‘ir, na iqlim o‘zgarishi, na tun, na yoz va na qish. Hamisha yakrang motamsaro osmon, ko‘kimtir quyosh, raketa ichida bir xil harorat…

Yo‘q, osmonda, Oyda, boshqa sayyoralarda yashash qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, Yer hayotini hech qachon «osmon turmushi» ga almashtirmayman…

— Shunday qilib desangiz… asteroid ovi — eng qiziqarli ov, — kutilmaganda geolog Sokolovskiyning yo‘g‘on tovushi eshitildi.

Uning suhbati menga yoqadi. Gapirganda doim oddiy, xuddi Vasilyevskiy orolidagi uyida o‘tirganday, xotirjam gapiradi. Aftidan unga bu g‘ayriodatiy sharoit hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganga o‘xshaydi.

— Asteroidlar mintaqasiga kirgach, quloqni ding qilib turish kerak, — davom etdi u. — Aks holda kattaligi Moskvadagi Sovetlar Saroyidek yoki undan ham yirikroq biror Parcha raketaga kelib urilishi hech gap emas. Unda tamom deyavering. Shuning uchun asteroidlar yo‘nalishiga tobora yaqinlashib uchish kerak bo‘ladi… Ajoyib manzara! Asteroidlar mintaqasiga uchib kirasiz. Osmonning ko‘rinishi o‘zgaradi… Yaxshilab qarang-a. Uni butunlay zim-ziyo deyish qiyin. Tagi qop-qora bo‘lsa-da, g‘ijgij yulduz bilan qoplangan. Ana shu yog‘du bag‘rida qora hoshiyalar ko‘zga tashlanadi. Bu uchib borayotgan asteroidlarga quyosh nuri tushmagan payti. Ba’zilari ko‘kda kumushday oq iz qoldiradi. Ayrimlaridan esa sariq-qizg‘ish iz qoladi. Osmon yo‘lyo‘l hoshiyalar bilan to‘lib ketadi. Raketa asteroidlar harakati tomon burila borgan sari tezligi oshib, deyarli ular bilan baravarlashadi, shunda asteroidlar hoshiyaga o‘xshamay qoladi. Siz endi g‘aroyib olamga kirib qolasiz va turli kattalikdagi son-sanoqsiz «oy» lar orasida uchib borasiz. Ularning barchasi bir tomonga qarab uchadi, lekin hali raketadan oldinda bo‘ladi.

Ana shunday «oy» lardan birortasi raketa yonidan uchib o‘tayotganda uning butunlay dumaloq emasligini ko‘rasiz. Bu «oy» lar ning shakli xilma-xil. Chunonchi, bir asteroid piramidaga o‘xshasa, ikkinchisi sharnusxa, uchinchisi dag‘al kub shyklida, ko‘pchilik qismi esa shunchaki shaklsiz qoyatosh parchalariga o‘xshaydi. Bir xillari to‘da-to‘da bo‘lib uchsa, ikkinchi xillari uzaro tortishish natijasida bir bosh uzumday g‘uj bo‘lib qolgan. Ularning sirti goh xira, goh tog‘ billuriday yarqiroq bo‘ladi…

Ungda ham, so‘lda ham, pastda va yuqorida ham ana shunday «oi» lar… Raketa uchishini sekinlatsa, «oy» lar xuddi oldinga otilib ketganday tuyuladi, raketa tezlashsa ularning uchishi sekinlaganday bo‘ladi. Nihoyat raketa ularni quvib o‘tadi, «oy» lar ortda qoladi.

Asteroidlardan seyin uchish xatarli. Orqadan quvib yetib, raketani majaqlab tashlashi mumkin. Ular bilan bir yo‘nalishda va bir xil tezlikda uchish butunlay xavfsiz. Lekin u holda faqat atrofingni o‘rab turgan asteroidlarnigina ko‘rasan. Buning ustiga hamma narsa — raketa ham, o‘ngdagi, so‘ldagi, yuqoridagi va orqadagi «oy» lar ham bir joyda qimirlamay turganga o‘xshaydi. Faqat yulduzlar chamani asta oqaveradi, chunki asteroidlar ham, raketa ham harholda harakatda buladi, osmonda ularning holati o‘zgarib turadi.

Kapntanimiz asteroidlarga qaraganda tezroq uchishni afzal kurardi. Chunki orqadan hech narsa kelib urilmaydi. Bundan tashqari, «oy» lar galasi ichida harakat qilasan, kuzatishing, tanlashing mumkin. Xullas, osmondagi oyni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan Gogol qahramoni rolini bajarasan. Faqat sen «o‘g‘irlaydigan» oy kichikroq. Katta asteroidni orbitasidan chiqarib, Kets Yulduziga olib kelishga hali qudratimiz yetmaydi. Hamma yonilg‘ini sarflab qo‘yish va asteroidga mangu asir bo‘lib qolishdan qo‘rqamiz… Avvaliga eng kichkina asteroidlarni tanladik. Asteroidga turtkisiz yaqinlashish va uni shatakka olish uchun juda katta mahorat va epchillik talab qilinadi. Kapitan raketani asteroid bilan baravar uchirib borib, asta unga yaqinlashdi. Shundan keyin yon tomondagi portlashlar to‘xtatildi. Biz elektromagnitni ishga soldik: kristall shaklidagi asteroidlardan qolgan boshqa hammasi asosan temirdan iborat-ku. Nihoyat, oradagi masofa juda qisqargach, elektromagnitni o‘chirib, qolgan ishni tortishish kuchiga qo‘yib berdik. Syl o‘tmay bilinar-bilinmas turtki sezildi. Shundan so‘ng yo‘ldoshimiz bilan qo‘shaloq bo‘lib uchaverdik. To‘g‘ri, boshida bu osonlikcha bo‘lmadi. Ba’zan biz qattiq to‘qnashib qolardik. Bunday paytda, asteroid o‘z orbitasidan chiqib ketar, biz buni sezmay ham qolardik, raketa esa undan yengil bo‘lgani uchun juda nariga uchib ketar va hammasini boshqatdan boshlashga to‘g‘ri kelardi. Keyinchalik bu ishni juda yaxshi egallab oldik. Endi faqat asteroidni raketaga biriktirish qolgan edi. Uni zanjir bilan bog‘lab olishga va elektromagnit bilan tutib turishga urinib ko‘rdik, lekin natija yaxshi bo‘lmadi. Keyin meteorlarni raketa sirtiga payvand qilishni o‘rganib oldik, quyosh energiyasi bizda yetarli, payvandlash apparatlarini esa doim o‘zimiz bilan olib yurardik.