Выбрать главу

— Jipsi! Yordamga chaqir! Qo‘ng‘iroq! Telefon! — deb qichqirdim men.

Kramer xirillar, lekin Zoriiani qo‘yib yubormasdi. Uning barmoqlari go‘yo toshday qotib qolgan edi. Yuzi burishib ketgan, ko‘zlari ola-kula.

Jipsi ko‘ng‘iroq tomon uchib borib, «trevoga» tugmachasini bosdi. Keyin yonimga qaytib kulib, Kramerning burnidan tishladi. Kramer dodlab qo‘lini qo‘yib yubordi. Jipsi shu zahotiyoq o‘zini chetga oldi.

Lekin hali g‘alaba iash’asini surishga erta edi. To‘g‘ri, men Verani Kramerdan uzoqroqqa itarib yuborishga muvaffaq bo‘ldim. Lekin Kramer shu okning o‘zida Jipsining yuziga musht soldi-yu, keyin menga tashlandi. Odatdan tashqari kurash boshlanib ketdi. Men Kramerdan chetlanish uchun jon-jahdim bilan qanotlarimni silkitardim. Lekin vaznsiz bo‘shliqda harakat qilishga mendan ko‘ra ustaroq bo‘lgan raqibim o‘z holatini tez o‘zgartirar va kutilmaganda bosh tomonimda paydo bo‘lib qolar edi. Shunda Jipsi o‘rtamizga tashlanib, Kramerning yuziga chang solishga urinardi.

Kramer meni tinimsia mushtlar va tepardi. Xayriyatki, raqibimning zarbasi sira ta’sir etmasdi. Faqat gavdasi devordan qaytib kelib urilgandagina turtki sezardim.

Nihoyat u meni orqadan ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi, barmoqlari tomog‘im sari o‘rmalay boshladi. Shu on Jipsi uning o‘ng qo‘liga osilib oldi. Kramer itni uloqtirib yuborish uchun chap qo‘lini ham bo‘shatishga majbur bo‘ldi, lekin shu payt jangga Vera ham tashlandi. U Kramerning oyog‘idan ushlab oldi.

— Qo‘ying, Kramer! Uch kishiga kuchingiz yetmaydi! — deya uni murosaga chaqirdim.

Lekin u quturib ketgan edi.

Laboratoriyada odamlarning tovushi eshitildi. Ko‘p o‘tmay besh yigit bizni bir-birimizdan ajratishdi. Kramer hamon talpinar, tipirchilar va ovozining boricha qichqirardi. To‘rt yigit uni ushlab turishdi, bittasi kichkina omborxonamizdan arqon olib keldi. Kramerni bog‘lashdi.

— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar! — deb xirillardi u.

— Qanday sharmandalik! — dedi haligilardan bittasi. — Ketsda hech qachon bunday hodisa bo‘lmagan edi.

— Direktorimiz, o‘rtoq Parxomenko, sud qilish vakolatiga ham ega. Menimcha, bu bezorilik birinchisi va so‘nggisi bo‘ladi, — dedi yana biri.

— Buni sud qilishga shoshilmanglar, o‘rtoqlar, — dedim men. — Nazarimda, Kramerni sud qilish emas, balki davolash kerak. U kasal.

Kramer tishini bir g‘ichirlatdi-yu, indamadi.

Yana to‘polon qilib qolishidan qo‘rqib, uni shundayligicha, oyoq-qo‘li bog‘liq holda «g‘ovvos» kostyumiga tiqishdi va bir qop yukday Ketsga olib ketishdi. Zorina ikkovimiz ham o‘sha yoqqa jo‘nadik. Laboratoriyada faqat bitta navbatchi bilan Jipsi qoldi.

Qetsga kelganimizdan keyin Kramerni darhol Mellerga ko‘rsatishlarini talab qildim. Men unga Kramer bilan tanishgan kunimizdan boshlab to so‘nggi xatti-harakatlarigacha gapirib berdim. Shuningdek, Faleyev ham jismoniy va ruhiy kasal, nazarimd, ularning kasalini keltirib chiqargan sabab bitta bo‘lsa kerak, degan fikrni ham aytdim.

Meller gaplarimni diqqat bilan eshitib, pirovardida dedi:

— Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Yulduzdagi sharoit juda ham boshqacha. Bunaqa hol ilgari ham yuz bergan edi. Dastlabki xodimlarimizdan biri o‘zini «nrigi dunyoda» deb his qilgan edi. Ongimizda hali qanday sarqitlar borligini tasavvur qilyapsizmi?

U Kramerni, so‘ng Faleyevni keltirishlarini talab qildi.

Kramer savollarga javob bermadi, xo‘mrayib turaverdi va faqat bir marta haligi gapini takrorladi:

— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar.

Faleyev Mellerni battar hayratga soldi. Uning javoblaridan Meller bir xulosaga keldi nazarimda. Ikkovlarini olib chiqib ketishgach, u dedi:

— Siz tamomila haqsiz. Ikkovi ham kasal, og‘ir kasal. Kramerni sud qilish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Unga achinish kerak. Bu ilmiy burch yo‘lidagi qurbon. Axir, siz biolog bo‘la turib, buning sababini anglamadingizmi?

— Men bu yerda yangi odamman, qolaversa, medik emasman… — dedim men xijolat bo‘lib.

— Lekin buni bilish qiyin emas edi. Darvoqe, o‘zim ham sizdan durust emasman. G‘aflatda qolnbman… Hamma gap kosmik nurlarda! Bir o‘ylab ko‘ring-a. Yer sirtidan atigi yigirma uch kilometr balandlikda kosmik nurlanish kuchi yerdagidan uch yuz marta ko‘p. Atmosfera qatlamidan yuqoridamiz, binobarin, kosmik nurlar bizga yerdagidan ming marta ko‘proq ta’sir qiladi…

— Uzr, — deb unyng gapini bo‘ldim. — U holda Ketsdagi hamma odamlar quturib ketishi yoki majruh bo‘lib qolishi kerak edi. Lekin unday bo‘lmayapti-ku.

Meller aybsitib bosh chayqadi.

— Siz hali ham tushunmadingiz! Buning uchun Kets quruvchilariga rahmat aytishimiz kerak. Kosmik nurlar xatarli emas, degan fikrlar bo‘lishiga qaramay, Ketsni bunyod etgan quruvchilar havodagi maskanimiz qobig‘ida izolyatsion qatlam yaratganlar. Bu qatlam kuchli kosmik nurlar ta’siridan bizni himoya qiladi. Tushunarlimi?

— Buni bilmas ekanman…

— Laboratoriyalarning bir qismi esa — o‘simliklar fiziologiyasi laboratoriyasi bilan zoolaboratoriya — kosmik nurlar ni to‘la o‘tkazadigan qilib qurilgan. Ularning hayvonlar organizmi va o‘simliklarga ta’sirini o‘rganishimiz kerak edi. Sizning pashshalar va boshqa yirikroq hayvonlar ustida olib borgan tajribalaringiz nimaga asoslangan, axir? Mutatsiyalar qayerdan kelib chiqadi? Kosmik nurlar ta’siridan. Siz buni bilasizmi?

— Buni bilaman. Endi tushundim…

— Barakalla. Pashshalar o‘zgaradi; it, echki, qo‘ylardan kim bilsin qanday maxluqlar binoga keladi. Nima, siz o‘zingiz boshqa xamirdan yasalganmisiz? Ularga ta’sir qiladi-yu, sizga ta’sir qilmaydimi? Men shunaqa bo‘lishini bilardim! Ogohlantirganman ham. Meni sizga o‘xshagan biologlar yupatishdi: hech narsa qilmaydi, deyishdi. Mana, bir odamni jinni, ikkinchioini majruh qilib o‘tirishibdi. Kosmik nurlar bezlarga ta’sir etgan, bezlar esa jismoniy va ruhiy faoliyatni buzgan. Bu aniq… Faleyevning kasali — akromegaliya. Bu kasallikni tezda bartaraf qilamiz. Lekin Kramer ancha ovora qiladi. Agar siz ham, azizim, shunday laboratoriyada ikki yil ishlagangizda, ehtimol, xuddi shund; ahvolga tushgan bo‘lardingiz.

— Xo‘sh, endi nima qilish kerak? Men ishni tashlab ketolmayman.

— Tashlab ketishning keragi yo‘q. Chorasini topamiz. Rentgenologlar, radiologlar xavfli nurlar bilan muomala qilishadi ku, faqat odam o‘zini himoya qila bilishi kerak. Izolyatsion qalpoq, izolyatsion kiyim kiyishga to‘g‘ri keladi. Tajriba ostidagi hayvonlar bevosita nur ta’sirida turishaveradi, ilmiy xodimlar esa — kosmik «yomg‘ir» ni o‘tkazmaydigan «tom» ostida bo‘lishadi. Bunday «jala» yog‘ib turgan tajriba kamerasiga faqat «soyabon» bilan kirish mumkin. Men aytaman, injenerlarimiz kerakli narsalarning hammasini muhayyo qilishadi.

XX. QORASOQOL YEVGENYEV-PALEY

Yerni tark etganimga sakkiz oy bo‘ldi.

Kets Yulduzi bayramga ayyorlanardi. Bu yerda har yili Yulduz binoga kelgan kun tantanali nishonlanadi. Ko‘pdan beri yashayotgan odamlarning aytishicha, shu kuni osmon mustamlakachilarining hammasi, kim qayerda bo‘lmasin, Kets Yulduziga to‘planarkan. Dokladlar qilishar, qilingan ishlar yuzasidan yillik hisobot tinglanar, o‘z yutuqlari haqida birbirlariga axborot berishar, tajriba alyashishar, kyolajakda qilinadigan ishlarning rejasini tuzisharkan. Bu yil bayramga alohida tayyorgarlik ko‘riladi. Men bu kunni sabrsizlik bilan kutardim: nihoyat, faqat Tonyanigina emas, balki tutqich bermas qorasoqolni ham ko‘rishimni bilardim.

Yulduzda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Gulxonadan har xil gul va ko‘katlar keltirib, asosiy zalni yasatishdi. Rassomlar plakatlar, portretlar, diagrammalar chizishar, sozandalar yangi qo‘shiqva kantatalar o‘rganishar, artistlar pyesani; mashq qilishar, ilmiy ishlarning rahbarlari dokladlar yozishardi.