Выбрать главу

— Men hech narsadan qo‘rqmayman, Margo, — dedi kutilmaganda usta va boshini ko‘targan edi, Margaritaning ko‘ziga u hech qachon bo‘lmagai, ammo bo‘lganligiga aniq ishongan narsasi to‘g‘risida asar yozgan paytidagi qiyofasida ko‘rindi, — shuning uchun ham qo‘rqmaymanki, hamma qiyinchiliklarni boshimdan kechirib bo‘lganman. Meni juda ko‘p qo‘rqitishgan, endi hech nima bilan qo‘rqita olmaydilar. Lekin men senga achinaman. Margo, hamma balo shunda, mana shuning uchup ham bir gapni senga takror-takror aytib yotibman. Esingni yig‘!

Bemor va qashshoq odam bilan umr kechirib nima qilasan — umring xazon bo‘ladi-ku! Uyingga qayt! Senga achinganimdan aytyapman bu gaplarni.

— E, seni qara-yu, — deb pichirlardi Margarita sochlari parishon boshini sarak-sarak qilib, — voy, hech nimaga ishonmaydigan sho‘rpeshonam-e. Kecha butun tun seni deb qip-yalang‘och diydirab turdim, o‘z ayollik xislatimni yo‘qotib, jodugarga aylandim, bir necha oy muttasil qorong‘i qaznoqda o‘tirib, faqat bir narsani — Yershalaim uzra momaqaldiroq gumburlagani haqida o‘yladim, uzzu kun yig‘layverib ko‘zlarimda yosh qolmasa-yu, endi boshimizga baxt qushi qo‘nganda meni haydamoqchimisan? Ha, mayli, men ketaman, ketaman, lekin bilib qo‘y, sen toshbag‘ir odamsan! Ular sening qalbing qo‘rini tamoman o‘chirib bo‘lishipti!

Shunda ustaning yuragida alamli bir nazokat tuyg‘usi uyg‘ondi va yuzini Margaritaning sochlari orasiga olib, besabab yig‘lab yubordi. Margarita ham uning yig‘isiga jo‘r bo‘larkan, barmoqlari bilan ustaning ikki chakkasini paypaslagancha pichirlardi.

— Ha, oq tolalar, boshing ko‘z oddimda qordek oqara boshlayapti, oh, ne-ne iztiroblarga bardosh bergan sho‘rlik boshing. Qara, ko‘zlaring juda boshqacha-yu! Ko‘zlaripgda faqat bo‘shliq namoyon… Yelkalaring, yelkalaring esa xuddi og‘ir yuk ko‘targandek cho‘kkan… Mayib, majruh qilib qo‘yishipti seni, — Margaritaning gaplari bir-biriga qovushmas, u yig‘idai entikib-entikib qo‘yardi.

Shunda usta ko‘zyoshlarini artdi-da, tiz cho‘kkan Margaritani oyoqqa turg‘azdi, o‘zi ham o‘rnidan turib, qat’iy ohangda dedi:

— Bo‘ldi, yetar! Meni yomon izza qildiig. Endi hech qachon irodasiz bo‘lmaymap, bu xmasalaga boshqa qaytmayman ham, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Bilaman, ikkovimiz ham o‘z ruhiy kasalligimiz qurboni bo‘lganmiz, bu dardni senga men yuqtirdim… Nachora, bu dard azobini birgalikda tortamiz endi.

Margarita og‘zini ustanipg qulog‘iga yaqin olib borib pichirladi:

— Sening hayoting haqqi, sen kashf etgan o‘sha munajjimzoda haqqi ont ichib aytamanki, turmushimiz yaxshi bo‘ladi.

— Yaxshi bo‘lsa, yanayam yaxshi, — dedi usta va kulib turib ilova qildi: — Albatta-da, agar odamlar senu menga o‘xshab butkul toroj etilgan bo‘lsa, turgan gap-ki, ular u dunyo quvvasidan panoh izlaydilar. Yaxshi, men ham o‘sha yoqdan panoh qidirishga roziman.

— Mana, mana, nihoyat avvalgi holingga qaytding, kulyapsan ham, — dedi Margarita, — ammo qurib ketsin o‘sha ilmiy so‘zlaring. U dunyomi yo bu dunyomi — bari bir emasmi? Mening qornim ochdi.

Shunday deb u ustaning qo‘lidan yetaklab stol tomon yurdi.

— Bu taomlar hozir yer qa’riga kirib ketsa yoki deraza orqali uchib chiqib ketsa, hech ajablanmasdim, — dedi tamoman xotirjam kayfiyatga o‘tgan usta.

— Qo‘rqma, uchib ketmaydi!

Ayni shu payt darcha ortidan bir manqa ovoz eshitildi:

— Salomlar bo‘lsin.

Usta bir seskanib tushdi, lekin har xil g‘ayrioddiy voqealarga ko‘nikib qolgan Margarita chinqirib yubordi:

— Voy, Azazello-ku! O, qanday yaxshi bo‘ldi kelgani! — keyin ustaga pchirladi: — Ko‘rdingmi, ana, bizni unutishmapti! — shunday deb eshik ochgani yugurdi.

— Hech bo‘lmasa etagingni berkitsang-chi, — deb qichqirib qoddi usta uning orqasidan.

— Bo xudo… — deb javob qiddi Margarita dahlizdan.

— Mana, xonaga kirgan Azazello endi g‘ilay ko‘zini ustaga tikkancha ta’zim bajo qilib u bilan salomlashdi, Margarita esa bunday dedi:

— Voy, boshim osmonga yetdi! Umrimda hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim! Lekin yalang‘ochligim uchun meni afv eting, Azazello!

— Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi.

Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u:

«Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, negadir shu fikrdan cho‘chib ketib, ko‘zboyloqchilar, xomxayollar haqida allanimalarni javrab o‘tiribman. Ko‘zboylovchiga balo bormi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.

U Azazelloga tikilibroq qarab, uning ko‘zlarida qandaydir mas’uliyat, to mavridi kelguncha aytmay saqlab turgan qandaydir mulohaza mavjudligini ko‘rdi. «U shuichaki bizni ko‘rgani emas, balki qandaydir topshiriq bilan kelganga o‘xshaydi», — deb o‘yladi usta.

Kuzatuvchanligi unga pand bermadi.

Azazello uchinchi marta uzatilgan konyakni ham ichib yuborib, xuddi hech ichmagan odamday gap boshladi:

— Podvalingiz shinamgina ekan, azabroyi shifo! Lekin bir savol ko‘ndalang turipti: nima ham qilish mumkin bu podvadda?

— Men ham shuni gapirayotgan edim, — dedi usta kulimsirab.

— Nega meni vahimaga solasiz, Azazello? — dedi Margarita, — axir bir amallarmiz!

— Yo‘g‘-e, yo‘g‘-e, — deb chinqirib yubordi Azazello, — sizni vahimaga solish xayolimga ham kelgani yo‘q. O‘zim ham shunday deyapman, — bir amallaysizlar. Ha-ya! Sal bo‘lmasa unutay debman, messir sizlarga salom aytib yubordi, yana, sizni o‘zi bilan kichik bir sayrga taklif qildi, agar xohlasangiz, albatta. Xo‘sh, nima deysizlar bu taklifga?

Margarita stol ostida oyog‘i bilan ustani turtib qo‘ydi.

— Jonimiz bilan boramiz, — deb javob qildi usta Azazelloni sinchiklab kuzatarkan, u esa gapni ilib ketdi:

— Margarita Nikolaevna ham bu sayohatdan bosh tovlamaslar deb umid qilamiz?

— Mening-ku bosh tovlamasligim aniq, — dedi Margarita va yana oyog‘i bilan ustaning oyog‘ini turtib qo‘ydi.

— Qoyilmaqom sayohat bo‘ladi, — dedi Azazello, — mana bu — o‘g‘ilbola gap! Bir zumda kelishdik-qo‘ydik! Tunov kuni Aleksandr bog‘ida bo‘lganidek rezinka qilib cho‘zmadik.

— Voy, esimga solmang o‘sha kunni, Azazello! Tentak ekanman o‘shanda. Sirasini olganda, meni judayam aybsitish to‘g‘ri emas — axir shayton zotiga kunda ro‘para kelmaysan-ku kishi!

— To‘g‘ri aytasiz, — deb tasdiqladi Azazello, — agar har kuni ro‘para kelsangiz, g‘oyat xushnud bo‘lardingiz!

— Jadallik o‘zimga ham yoqadi, — derdi Margarita zavqu shavq bilan, — jadallik ham, yalang‘ochlik ham. Mauzerdan otilgan o‘qday! Voy, uning qanaqa merganligini ko‘rsang zdi, — deb chinqirdi Margarita ustaga yuzlanib, — yostiq tagiga qo‘yilgan yettilik qartaning xohlagan xolini mo‘ljalga oladi… — Margarita shirakayf bo‘lib qoldi, shu sababli ko‘zlari o‘tdek chaqnay boshladi.