Выбрать главу

— Sharning orqasidagi osmonning yarmini to‘sib turgan kattakon to‘rt burchak narsani payqadingizmi?

— E’tibor bermabman.

— Ehtimol, sizlar narigi tomonidan uchib o‘tgandirsizlar. «Kvadrat» yon tomoni bilan turib qolgan. Quyosh yoritgan paytda u «to‘rt burchak oy» dan olis-olislardan ko‘rinib turadi. Bu fotoelement o‘n ming kvadrat metrli juda yupqa tunuka mis oksidi bilan qoplangan. Undan uzoqdan ko‘zga ko‘rinmaydigan ingichka simlar tortilgan. Uning tepasida bug‘ bilan isitish radiatoriga o‘xshash yanada ulkanroq inshoot joylashgan. Termoelektrik qurilma. Har xil metallardan yig‘ilib, o‘rtasi paypand qilingan metall quvurlar. Payvandlangan joyni quyosh qizdirganda elektr toki hosil bo‘ladi.

— Qisqasi, cheklanmagan miqdorda energiyaga egamiz. Maxsus metallni qayta ishlovchi mashinalarni yaratish qiyin emas edi. Toblashni, albatta, bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi. Bolg‘alarning vazni yo‘q. Ammo uni bemalol shtampovka, press bilan almashtirish mumkin. Shuning uchun ham bizning fabrika va zavodlarimizda tutun, qurum, chang degan gap yo‘q. Hammayoq pokiza, jimjitlik, havo musaffo. Og‘ir narsalarni tashish hech gapmas. Bizning meteor ovlovchilarimiz minglab tonna temir, mis, cho‘yan, qalay, iridiy, platina, xrom, volfram yig‘ib qo‘yishgan. Ular shar orqasidagi «hovlida» «osilib» turibdi. Kerakli metallni zavodga ingichka sim bilan tortib olaveramiz. «Ichki tra, nsport» imiz shunaqa jo‘n. Ba’zan elektrokar o‘rnini bosuvchi kichkina raketokarlardan ham foydalanamiz. Bizda asosan elektr payvand qo‘llaniladi, lekin ayrim hollarda bevosita «quyosh payvand» ni ishga solamiz. Agar texnikaga sal bo‘lsa-da, qiziqsangiz, zavodimizni albatta borib ko‘ring… Darvoqe, bugun ertalab bizning vaqtimiz bilan soat o‘n ikkida qayerda edingiz?

— Oranjereya yoki laboratoriyada.

— Trevogani eshitdingizmi?

— Yo‘q.

— Demak, bu vaqtda Ketsdan naridagi laboratoriyada ekansiz. Bo‘lmasa eshitardingiz. Sirena shunaqa chiyilladiki! Men Parxomenkoning oldida o‘tirgan edim. Ketsdati to‘s-to‘polonni ko‘rganingizda edi!

— Nima uchun trevoga ko‘tarildi?

— Juda kam uchraydigan bir hodisa tufayli. Kets Yulduzi tarixida birinchi marta bo‘lishi. Kattaligi qumdan sal yirikroq bir meteor Yulduzimizni teshib o‘tib ketdi, yo‘l-yo‘lakay o‘simlik barglarini va xodimlarimizdan birining yelkasini ham teshib o‘tgan. U juda kichkina bo‘lgan. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki. Kets qobig‘ida hosil bo‘lgan teshik o‘sha zahotiyoq bitib, o‘z-o‘zidan payvand bo‘lib ketgan. Yelkasi teshilgan Gorevaning aytishicha, u olov «yarq» etib ketganini ko‘rgan, xuddi chaqmoq chaqqandagiday qars-qurs etgan tovushni eshitgan. O‘sha zahotiyoq trevoga e’lon qilingan. Axir, meteor qobiqda kat takon teshik qoldirishi ham mumkin edi-da. U holda gaz chiqib ketib, raketaga samoviy sovuqlik bostirib kirardi. Shuning uchun ham raketamiz xonalarga bo‘lingan. Eshiklar darhol o‘z-o‘zidan yopiladi, natijada raketaning boshqa xonalaridagi atmosfera chiqib ketolmaydi. Avariya yuz bergan xonaga skafandr kiygan ishchilar jo‘natiladi. Goreva o‘z xona sidan eshiklar yopilib qolmasdan ilgari chiqib olishga ulgurgan. Har ehtimolga qarshi kalitlar ham bor. Eshik yopilib qolganda kalit bilan ochib, chiqib ketish mumkin. To‘s-to‘polon bo‘lishiga qaramay, hamma tez va aniq harakat qilg‘an. Gorevaning yarasini ko‘rgan Meller, bunaqa «toza» yarani umrida ko‘rmaganini aytdi. Darvoqe, ninaning uchiday keladigan teshikni yara deyish ham qiyin. Bu «yara» hatto bog‘lab qo‘yishni ham talab qilmadi. Lekin ko‘p gapirvordim, — dedi injener qo‘l soatiga qarab. — Shunday qilib, sizni kutaman-a!

Men zavodni albatta borib ko‘rishga va’da berdim. Lekin bu va’dam amalga oshmadi. Boshqa ishlar bilan ovora bo‘lib ketdim.

Men zoolaboratoriyaga deyarli ko‘chib o‘tdim, ko‘pincha Ketsga hatto ovqatlanish uchun ham kelmas edim: qaytadan «g‘ovvos» kostyumini kiyish, atmosfera kameralari — shunga o‘xshash ishlar ko‘p vaqt olar edi, men esa har bir minut vaqtni qizganardim. Axir bu laboratoriyadagi bir minut Yerdagi soatlardan ko‘p narsa beradi: tajriba vaqtida har xil biologik protsesslar shu qadar tez o‘tadi. Pashshalar mutatsiyasi shundoq ko‘z oldimda yuz berardi. Men yangidan-yangi ajoyibotlarga duch kelardim. Mana. shu o‘zgarishlarni boshqarib turuvchi qonunlarni o‘rganishga qattiq kirishib ketdim. Ularni nglash — hayvoyalarning o‘sishi va rivojlanishini erkin boshqarishning yangi, qudratli qurolini topish demak. Men hujayra yadrolarini va ulardagi irsiy belgilarni tashuvchi xromosomlarni o‘rganib chiqdim. Endi pashshadan xohlagan jins va kattalikdagi naslni bexato olishim mumkin edi.

Yerdagi chorvachilikni rivojlantirishning qanday istiqbollari mavjud! To‘g‘ri, Yerda kosmik nurlar bu yerdagiday mo‘l emas. Lekin u yerda ham sun’iy ravishda kosmik nurlar hosil qilish usulini topishgan. Albatta, qimmatga tushadi, leqin tajribalarni bu yerda o‘tkazib, natijasini Yerga xabar qilish mumkin. Yerda ham istagan natijani olish uchun maxsus kameralarda hayvonlarni sun’iy ravishda kosmik nurlantirishdan o‘tkaza boshlashadi. Ana o‘shanda tabiatdan tilab o‘tirmay, xohlaganimizcha sigir-buqalarni yetishtiraveramiz. Xohlagan kattalikdagi hayvonlarni yetishtiraveramiz. Filday keladigan sigir kuniga o‘nlab paqir sut beradi. Axir bu odamni o‘ziga batamom jalb qiladigan mayeala emasmi?

Ishga sho‘ng‘ib ketganimga qaramay Jipsini unutmadim. U ham menga o‘rganib qolgan edi, yonimdan bir qadam ham — nari jil masdi. U bilan zerikmasdi odam. To‘g‘ri, uning tashqi ko‘rinishiga ko‘nikish ancha qiyin bo‘ldi. Lekin men ko‘nikdim, itning badbasharaligi ko‘nglimdan chiqib qetdi. Hatto Jipsining ko‘zlari ham ancha muloyimlashgandek bo‘ldi.

Odamlar o‘zlarining to‘rtoyoqli do‘stlari bilan hammavaqt ham tuzuk muomala qilishmaydi-,da. Ayniqsa, Kramer «Hey kal! — deb o‘shqiradi u Jipsini ko‘rdi deguncha, musht o‘qtalib. — Yaqinlashma menga!» Shunday bo‘lgach, Jipsi uni jinidan ham mon ko‘radi-da, albatta.

Jipsini «gapirishga» o‘rgatish «shartli til» tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. U yoki bu munosabat bilan Jipsi chiqargan tonushlarni eslab qolishga harakat qilardim. Bu tovushlar nutq tovushlariga o‘xshamasa ham, lekin harholda bir-biridan farq qilardi. Jipsining o‘zi ham ohang va pauzalarga e’tibor berib, menga ko‘maklasha boshladi. Shunday qilib, asta-sekin bir-birimizni erkin tushunadigan, bo‘lib qoldik. Lekin noqulay tomoni shundaki, Jipsi hamon yolg‘iz men anglaydigan «muhojir» ligicha qolaverardi. Buning ustiga u meni juda yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha kelib qo‘limni yalardi — unda itlarga xos erkalanish saqlanib qolgan edi. O‘zining nozik tuyg‘ularini u boshqa qanday yo‘l bilan ham ifodalay oladi, deysiz?

Ayniqsa, Jipsining g‘oyat mehribonlik va chidam bilan kuchukchalarni harakat qilishga va vaznsiz bo‘shliqda uchishga o‘rgatishini kuzatish maroqli edi. Afsus, bu manzara kinoplyonkaga tushirilmagan.

Unga qarab turib, o‘ylardim: insonga xizmat qildirishda hayvonlardan hali juda yomon foydalanamiz! Panjalari parda bilan qoplangan Jipsi Yerda yurishga yaxshi moslashmagan. Uning suyak va paylari zaif bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerda Yer Sharoitiga yaroqli, yaxshi rivoj topgan itlarni yaratishdan osoni yo‘q. Faqat ularni sun’iy og‘irlik bor joyda o‘stirish kerak. Kosmik nurlar mo‘l bo‘lgani uchun bu yerda ularning miyasi Yerdagidan tez taraqqiy etadi. Masalan, Jipsining hid bilish va eshitish qobiliyati juda kuchli. U biror hodisa yuz bersa signal chiroqlarini yoquvchi, qo‘ng‘iroq tugmasini bosuvchi, akillab telefonda chaqiruvchi ajoyib qorovulgina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos tirik reaktiv bo‘lishi ham mumkin edi. U hiddagi, haroratdagi, tovush va rangdagi salgina o‘zgarishni ham sezadi va shu zahotiyoq signal bera oladi. Bu ishni avtomatlarimiz ham a’lo darajada bajaradi, albatta. Lekin Jipsi avtomat emas, binobarin, u ko‘proq narsa qila oladi: U faqat «sezibgina» qolmaydi, balki ana shu avtomatlar yordamida ishning yo‘nalishini o‘zgartiradi.